So'nggi orol muqovasi

So'nggi orol

Zulfu Livaneli

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943208292
Betlar soni
224
Yili
2021
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

Zamonaviy turk adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan biri Zulfu Livanelining "So‘nggi orol" antiutopik romani chop etildi. Muallif serqirra ijodkor — bastakor, kinorejissor va siyosatchi. Mazkur asar muallifga Turkiyadagi adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha eng nufuzli eʼtirof – O‘rxon Kamol nomidagi mukofotni keltirgani bejiz emas. Asarda nomaʼlum bir orol misolida insoniyat tomonidan ona zaminga yetkazilayotgan bemisl talafot, vahshiylik va ozorlarning oqibatli mohirona tasvirlanadi. “So‘nggi orol” romani mutolaa jarayonini “bir yutum suv”ga qiyoslash mumkin. Chunki voqealar rivoji shu qadar silliqki, u qay tarzda yakun topishini qo‘rquv, hayajon, xavotir va umid bilan yurak hovuchlab kutasiz. Ayni shu sabrsizlik sizni asarning to so‘nggi sahifasiga qadar mahkam tutib turadi. Muallif inson xarakteridagi bemehrlik, qatʼiyatsizlik, masʼuliyatsizlik va qo‘rqoqlik kabi qusurlar kun kelib tabiatdagi hayot tarzini butunlay izdan chiqarib, kunpayakun qilishi muqarrar ekanini shundoq ko‘z o‘ngingizda izohlab beradi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 32 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish