
So'poqsoydagi sirli qotillik
Komil Sindarov
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789910708985
- Betlar soni
- 320
- Yili
- 2025
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Bugungi oʻzbek detektiv janrida oʻz oʻrni va mavqeiga ega boʻlib borayotgan, kasbiy faoliyatida bevosita roʻbaroʻ boʻlgan jinoyat tafsilotlarini asarlariga koʻchirib, sirli voqealar va kutilmagan yechimlari bilan kitobxonlar qalbiga yoʻl topayotgan ijodkor Komil Sindarovdan yangi detektiv qissasi eʼtiboringiz markazida. «Oʻzbek detektivi» ruknida nashrdan chiqqan mazkur asar oldingi asarlarning mantiqiy davomi boʻlib, unda siz bilgan prokuratura tergovchisi Sanjarbek va hamkasblarining uzoq qishloqlardan birida sodir etilgan mudhish va sirli qotillik jinoyatini fosh etishdagi kasbiy mahorati, sermashaqqat mehnati, qatʼiyati va fidoyiligi tasvirlangan. Ayniqsa, voqealar bizning asrda, aniqrog'i, 2012-2013 yillarda sodir boʻlgan bo'lsada, voqelikning bir uchi moziyga - XVI asr Shayboniylar xukmronligi davriga tutashib ketishi, koʻz koʻrib, qulok eshitmagan sirli qotillikning fosh etilishi asarni bir nafasda oʻqib chiqilishiga xizmat qiladi. Xullas, ming marta eshitgandan koʻra, bir marta oʻqib koʻrish kerak, degan xulosaga kelib, asarni varakqashni boshladik. Sizchi, mutolaaga kirishdingizmi? Darvoqe, «Tergovchi» degan umumiy nom ostida nashrga tayyorlangan mazkur detektiv seriya yozuvchi ijodining oʻnta kitobini oʻz ichiga oladi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 2 ta taklif topildi, narxi 29 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish