Soyabon ostida muqovasi

Soyabon ostida

Raxshona Ahmedova

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943696303
Betlar soni
320
Yili
2021
Nashriyot
Akademnashr
Muqova
Qattiq

Qoʼlingizdagi qissalar va hikoyalar toʼplami yosh adiba Raxshona Аhmedovaning ikkinchi nasriy kitobi. Mazkur toʼplamga jamlangan hikoya va qissalarda adibaning jahongashtaligi, koʼp yurtlar va odamlarni oʼrgangani, kuzatgani bilinadi. Yapon, koreys, xitoy xalqining xarakteri, dunyoqarashi va hayotga munosabatini oʼsha zaminda koʼrib, his etib, yuragidan oʼtkazib, keyin yozgani bir necha hikoyalarida yaqqol seziladi. Osiyo xalqlarining goʼzal, ammo oʼta murakkab olamini ochishda yozuvchi ular bilan baqamti yashagani, hamdam, hamqadam boʼlganini “Аyi”, “Meni kechir, Kumiko!”, “Yukioning tanlovi” kabi hikoyalari soʼzlab beradi. Аdabiyotda eng fusunkor, oʼta talabchan, injiq janr boʼlmish realizmda qogʼoz qoralash koʼpchilikka joʼn yumushdek tuyular, biroq uning tilini tushungan, janr talablarini toʼgʼri anglagangina nimadir yozishi mumkin. Raxshona Аhmedovaning qoʼlingizdagi kitobda jam hikoya va qissalarida realizmning joʼn va benihoya jozibador dunyosi yashirin. Sizga oʼsha olam kengliklarida bahuzur sayr etish nasib etsin!

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish