Surgundagi sarguzashtlar muqovasi

Surgundagi sarguzashtlar

Komil Sindarov

Qog'oz
Kategoriya
Bolalar adabiyoti
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943209718
Betlar soni
353
Yili
2022
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

Komil Sindarovning «Oʻzbek detektivi» seriyasidagi kitoblari bugun oʻz oʻquvchisiga ega turkum asarlar sirasiga kirib ulgurdi. Yozuvchining soha vakili ekanligi aksariyat kitobxonlarga ayon, bilmaganlar esa asar mutolaasidayoq muallifning sohani yaxshi bilishini anglaydi. Bu jihatni taʼkidlashimizning sababi - aynan shu nuqta muallif asarlarining muvaffaqiyat garovidir. Yozuvchi qalamga olgan jinoyat turi davr uchun ahamiyatsiz mavzu emas, ikkinchidan, ijtimoiy vokelik qayta takrorlanmasligi uchun mohiyatni oshkor qilish va uni bor asrori bilan koʻrsatish, soʻzsiz, qoʻl siltab qoʻyadigan mavzu emas. Navbatdagi mazkur oʻninchi kitobda ham muallif avvalgi qahramonlar ishtirokini taʼminlagan. Farqi jinoyat turining boshqaligi, rakurs oʻzgarganligi, yozuvchining xulosasi. Ish jarayonlari sabab tergovchi «surgun»ga uchraydi. Ammo malakali xodim ish ham, joy ham tanlamaydi. «Surgun»da roʻbaroʻ boʻlgan Murakkabliklarga oʻz salohiyatiyu sinchkovligi bilan yechim topadi. «Fosh etilmaydigan jinoyat boʻlmaydi, chunki jinoyatchi har qancha ustomon boʻlsa-da, albatta, bitta xato qiladi va iz qoldiradi» tergovchi Rahmonovning kasbiy shiori qanchalik haq va hayotiy ekanligini mutolaa yakunida bilib olasiz. Darvoqe, «Tergovchi» degan umumiy nom ostida nashrga tayyorlangan mazkur detektiv seriya yozuvchi ijodining oʻnta kitobini oʻz ichiga oladi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 29 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish