
Temur tuzuklari
Amir Temur Ko'ragon
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- Nashrga qarab farq qiladi
- Betlar soni
- Nashrga qarab farq qiladi
- Yili
- Nashrga qarab farq qiladi
- Nashriyot
- Nashrga qarab farq qiladi
- Muqova
- Nashrga qarab farq qiladi
“Temur tuzuklari”, “Tuzuki Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy”, “Voqioti Temuriy” nomlari bilan ham mashhur bo‘lgan “Temur tuzuklari” asari ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiy- siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, o‘z tasarrufiga kiritishi, buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qismida esa mashhur jahongirning farzandlariga atalgan o‘ziga xos vasiyat, pand-nasihatlari va o‘gitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yo‘sini va boshqalar xususida gap boradi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 2 ta taklif topildi, narxi 10 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish