
Tepalik ahli
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910996078
- Betlar soni
- 568
- Yili
- 2024
- Nashriyot
- G'afur G'ulom
- Muqova
- Qattiq
Bu kitob yozuvchi Richard Adamsning ikki qizi - Julyet va Rozamundaga yo'l bo'ylab quyonlar haqidagi aytib bergan hikoyalari asosida yuzaga kelgan. Bu asar o'zining shaharchasini tark etishga majbur bo'lgan quyonlar haqida bo'lib, ular xavf-xatarga to'la uzoq sayohatga yo'l olishadi. Bu asar qahramonlarining o'z urf-odatlari, o'z tili, yashash tarzi mavjud. Ular bir-birlariga ertak aytib beradilar, yer ostida inlar kovlaydilar. Lekin ular odam emas, balki mahorat bilan adib tomonidan til berilgan quyonlardir. Ular odamlarga o'xshab muammolarga yechim topishadi, o'ylashadi, fikrlashadi, mehr berishadi va nafratlanishadi. Ushbu ajoyib roman, nafaqat kattalarning, balki bolalarning ham yuragini zabt eta oladi. Bu asar XX asrda yozilgan eng sara asarlar kuchli o'ntaligiga bejizga kirmagan. Buni bilish uchun esa, albatta, kitobni o'qib chiqish kerak. Zotan, boshlashingizning o'zi kifoya, sarguzashtlar sizni o'z domiga tortib ketganini va qanday qilib kitobni tugatib qo'yganingizni sezmay qolasiz.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 50 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish