
To'qson uchinchi yil
Viktor Gyugo
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910601309
- Betlar soni
- 464
- Yili
- 2026
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
"To‘qson uchinchi yil" - Viktor Gyugoning inson irodasi, fojia va jasorat tabiatiga bag‘ishlangan so‘nggi buyuk romanlaridan biri. Asarda qahramonlar taqdiri orqali har qanday tarixiy davrda dolzarb bo‘lgan masalalar: insonning ichki burchi, axloqiy tanlov, sadoqat va halokat o‘rtasidagi murakkab muvozanat yoritiladi. Gyugo qahramonlarini siyosiy yoki mafkuraviy tamg‘alamaydi. Ularning har biri o‘z e’tiqodi, vijdoni va shaxsiy mas’uliyati bilan yashaydi. Shu jihatdan roman qahramonlari tarixiy vogealarnigina emas, avvalo, inson tabiatining o‘ziga xos, dramatik qirralarini namoyon qiladi. Uslub jihatdan "To‘qson uchinchi yil" Gyugo qalamiga xos epik kuch, dramatik dinamika va inson ruhiga chuqur nazar soluvchi badiiy ehtiros bilan to‘lgan asar. U o‘quvchini ulkan voqealar emas, balki o‘sha voqealar orasida o‘zini yo‘qotmagan insonning ichki qiyofasi bilan uyg‘otadi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 64 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish