Tun zulmati ortida muqovasi

Tun zulmati ortida

Xaruki Murakami

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910708695
Betlar soni
176
Yili
2025
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

Yirik shahar megapolisda yarim tun. Son-sanoqsiz odamlar bir joyga yig‘ilgan "arilar uyasi", osmono‘par imoratlar, yaltir-yultur reklama, turnaqator ulovlar, ilonizi asfalt yo‘l-u temir yo‘llar, chang-u g‘ubor, shovqin-suron bari qorishib, chatishib ketgan olachipor makondagi kunduzgi yugur-yugur-u, g‘imir-g‘imir tinib, qorong‘i tushgach, atrofga g‘alati, sirli sokinlik cho‘kadi. Yapon adibi Haruki Murakami qahramonlari yoshgina yigit va qizlar olatasir, talato‘p muhitga ko‘nikolmagan, millionlar shahridagi yolg‘iz qalblar shu zimistonda ko‘cha kezib, suhbat qurib, dardlashib, o‘zlarini qiynagan, uyqu bermagan savollarga javob topishga, zohiriy, botiniy chigallarni yechishga intilishadi. Mehr-oqibat, zulmu-zo‘ravonlik, befarqlik, sabr-toqat, ro‘yo va chin qorishiq tun pardasi ostida katta shahardagi kichik odamlar taqdiri, o‘y-xayollari, orzu-armoniga sherik bo‘larkansiz, yorug‘lig-u zulmatning ham turfa tusda, rangda, shamoyilda namoyon bo‘lishidan hayratlanasiz.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 38 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish