Tundaliklar muqovasi

Tundaliklar

Asqad Muxtor

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910679582
Betlar soni
192
Yili
2025
Nashriyot
Yoshlar matbuoti
Muqova
Qattiq

Asqad Muxtor - o‘zbek adabiyotining teran qalam sohiblaridan biri. Uning "Tundaliklar" asari nafaqat bir ijodkorning shaxsiy tafakkur hosilasi, balki butun bir davrning adabiy, ruhiy va ma’naviy manzarasini aks ettiradi. Bu to‘plamda muallifning kundalik qaydlari, fikriy mulohazalari, hayot va ijod haqidagi mushohadalari, zamondoshlarga munosabati, adabiy muhit, millat va inson taqdiriga daxldor chuqur fikrlari jamlangan. Asarda qalamga olingan satrlar adabiy esdalik ham, ruhiy iqror ham, fikr va his-tuyg‘ular to‘kiluvidir. Unda ulug‘ mutafakkir va shoirlar, adabiy jarayonlar, milliy o‘zlik, ma’naviyat masalalari borasidagi samimiy qarashlar o‘z aksini topadi. "Tundaliklar" - ijodkor uchun qalb oynasi, o‘quvchi uchun esa hayot va qalam haqidagi daqiq mulohazalar xazinasidir. Bu kitob ijod ahli, adabiyotshunoslar va samimiy o‘quvchilar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 23 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish