
Tungi suhbatlar
Adham Sharqoviy
- Kategoriya
- Diniy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943840379
- Betlar soni
- 248
- Yili
- 2023
- Nashriyot
- Tavfiqnashr
- Muqova
- Qattiq
Ijtimoiy tarmoqlar sababli butun dunyo xalqlari hayoti oʼzgardi. Real hayot voqeligi bir lahzada virtual olamda aks etmoqda. Virtual maydonda tarqalgan kayfiyat esa real hayotga ham koʼchyapti. Bu insoniyat tarixidagi yangi bosqich. Nima uchun buni aytmoqdamiz? Chunki qoʼlingizdagi kitob - «Tungi suhbatlar»ning bir qismi mohir tarjimon, alloma ijodkor Аbdulqodir Samarqandiy (Аbdulqodir Polvonov) tomonidan oʼzbekchaga agʼdarilib, telegram tarmogʼida eʼlon qilingan. Koʼpchilik maʼrifat muxlislari bu oltinday qimmatli bitiklardan bahramand boʼlishgan. Аmmo telegram boshqa, kitob mutlaqo boshqa. Kitob oʼqish uchun kitob va oyning shuʼlasi boʼlsa kifoya. Irfon ixlosmandlari, kitob shaydolari «Tungi suhbatlar»ni intiq kutayotgan edilar. Marhamat, suhbatdoshingiz bilan yuzlashing, u bilan tunlar davomida qayta-qayta sirlashing. Аminmizki, hayotiy hikoyalar va ulardan chiqarilgan saboqlar qalbi uygʼoq har bir insonni yangi kashflar sari boshlaydi, uygʼonishga ishtiyoqmand koʼngillarning koʼzidan esa uyquni qochiradi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish