Uch og'ayni muqovasi

Uch og'ayni

Erix Mariya Remark

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789943205895
Betlar soni
464
Yili
2023
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

«Uch og'ayi» romani rus tilida birinchi marta chop etilishi bilanoq katta shov-shuvga sabab boʻldi, kitob ketma-ket millionlab nusxada nashr etildi. Shunda ham talabni qondirib boʻlmadi. Odamlar romanni bir-birlaridan soʻrab olib oʻqishga kirishdilar. Kutilmaganda rasmiy doiralar, kommunistik mafkura himoyachilarining paytavasiga qurt tushib qoldi. Ular Remarkni gʻoyasizlikda ayblab, uning ijodiga shiddat bilan tosh ota boshladilar. Hatto «remarkchilik» degan mash'um atama ham paydo bo'ldi. Bu sharpa Oʻzbekistonga ham yetib keldi. Ayrim tanqidchi va yozuvchilarimiz, bizga Remark asarlari kerak emas, bu asarlar kommunizm qurayotgan yoshlarimizni yo'ldan ozdiradi, deb g'avgʻo koʻtara boshladilar. Shu tufayli uning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilishga hech kim jur'at etmadi. Oradan qirq yil vaqt o'tdi. Mana, nihoyat, shu kunlarga ham yetib keldik. Tarixning qudratli va qaysar charxpalagi oʻz ishini qildi... Endi, sizga taqdim etilayotgan «Uch og'ayni» romaniga kelsak, asar qahramonlari jamiyatda biror lavozim yoki nufuzga ega boʻlmagan «mayda» odamlar. Ammo ularning ham faylasuf olimlar va nazariyotchilarnikiga o'xshamaydigan oʻz falsafalari va oʻz mantiqlari bor. Qizig'i shundaki, biz ularning fikr-mulohazalari yoki xatti-harakatlariga e'tiroz bildirolmaymiz, aksincha, asarni o'qish jarayonida jamiyat chetga surib tashlagan bu oddiy odamlarga hurmatimiz ortib boradi. Darvoqe, bu yog'i o‘zingizga havola.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 50 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish