Ulug'lar shunday yashashgan muqovasi

Ulug'lar shunday yashashgan

Ahmad Muhammad Tursun

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
Nashrga qarab farq qiladi
Betlar soni
Nashrga qarab farq qiladi
Yili
Nashrga qarab farq qiladi
Nashriyot
Nashrga qarab farq qiladi
Muqova
Qattiq

Yozuvchi Ahmad Muhammad Tursunning «Hilol-nashr» nashriyoti tomonidan taqdim etilgan «Siz qanday yashamoqchisiz?» kitobi o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindiva bir necha marta ko‘p nusxada nashr etildi. Shundan so‘ng muxlis o‘quvchilardan muallifga «Bu asar hozirda yashashni o‘rgatuvchi kitob bo‘libdi, qaniydi o‘tmishda hayot kechirgan ulug‘ ajdodlarimizning hayotlari, qay tarzda yashaganlari, axloq va fazilat bobida nimalarga e’tibor berganlari haqida bir kitob yozilsaydi, avvalgisini to‘ldiruvchi asar bo‘lardi» ma’nosidagi taklif-mulohazalar tusha boshladi.   Ana shu takliflarni inobatga olgan yozuvchi oldingi kitobini mohiyat va mazmun jihatidan to‘ldiruvchi ushbu yangi asarini siz azizlarga taqdim etmoqda. Unda ilgari yashab o‘tgan ulug‘ olimlar, donishmandlar, solih ajdodlarning ibrat bo‘luvchi hayot tarzlari, go‘zal fazilatlari va axloq-odoblari haqidagi ajoyib hikoyat va rivoyatlar asosida bugungi zamondoshlarimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan tarbiya sohasida nimalarga e’tibor berish kerakligi haqidagi fikr-mulohazalar o‘rin olgan. Ularni o‘qing, ibrat oling, ulug‘larga o‘xshashga intiling. Solih insonlarning hayot yo‘llari va fazilatlaridan o‘rnak olib, o‘z hayotingizni shu asosda ziynatlang.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr, Qamar do'konlaridan 3 ta taklif topildi, narxi 78 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish