
Umr kitobi
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943209947
- Betlar soni
- 512
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Uchinchi jild - "Umr kitobi" xalqimizning sevimli shoiri kamolot yoshida bitgan olamu odamning azaliy hamrohi - hikmatlarga, tafakkur ufqlariga boshlovchi hayotiy o'gitlar qimmatli pand-nasihatlarga, foydali eslatmalarga boy kitob bo'lganiga shubha yo'q. Bundan tashqari, to'rtliklar va ikkiliklar ham kiritilganki, siz ularni o'qib, ulug' donishmandlar ummonidan bir ho'plam shabnam ichgandek bo'lasiz. Kitobdagi sheʼrlar va boshqa janrdagi asarlar mavzusi, maʼno ko'lamiga ko'ra, bir qator bo'limlarga bo'lindi. Ular o'quvchining ustoz shoir tiynatini, iztirobu quvonchini, baxtiyorligini oson his etishiga yordam beradi. To'plamdan joy olgan navbatdagi dostonlar — «Аrmon tuni» va «Yangi Toshkentnoma» ardoqli shoirning doston bitishda ham katta mahorat sohibi ekanini bildiradi. Ularda onadek muqaddas va moʼtabar zotni ardoqlash hamda ona kabi xalqimizga bag'rini ochuvchi poytaxtimiz — Toshkentning bugungi olamvor manzaralari g'oyat samimiyat va farzandlik mehri ila qalamga olingan.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish