Uyqudagi nozaninlar muqovasi

Uyqudagi nozaninlar

Yasunari Kavabata

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910708329
Betlar soni
192
Yili
2025
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

Yaponiya adabiyotining Nobel mukofoti bilan taqdirlangan ilk yozuvchisi Yasunari Kavabataning "Uyqudagi nozaninlar" qissasida bosh qahramon oltmish yetti yoshli Eguti do'stining maslahati bilan g'alati mehmonxonaga tashrif buyuradi. Mehmonxona bekasi faqat bir narsani talab qiladi - har qanday sharoitda ham mehmon uxlab yotgan qizni uyg'otib yubormasligi kerak. Hayratga tushgan bosh qahramon devorlarini qoplagan qirmizi baxmal pardalarga g'ayrishuuriy hayronlik bilan qaraydi. Derazadan tashqaridagi zulmat, shamolning g'uvullashi, dengizning shovullashi, mehmonxonada uxlab yotgan nozaninlar o'zining go'zalligi va sirli xilqat o'laroq ular qoshida yolg'iz va notavon qolgan Egutining qalbida bezovtalik va xotiralar to'zonini uyg'otadi. Bu hayot va o'lim, erkak va ayol tamoyillari, sevgi va ehtiros haqidagi xotiralar jozibasini o'zida mujassamlashtirgan, bo'layotgan voqealarga va tiriklikning yakunida inson tuyg'ularining beqarorligi haqida o'lmas kechinmalardir. To'plamda, shuningdek, yozuvchi hayoti davomida yaratgan qator hikoyalari bilan tanishasiz. Unda siz Kavabataning tavsiflash juda murakkab bo'lgan uslubi, tajriba taqdimotlari bilan yaqindan yuzlashasiz. Yozuvchi ruhiy quvvat bilan to'yingan go'zal hikoyalari bilan ko'z oldingizda yorqin tasvirlar va fikrlarning butun bir kaleydoskopini ochadi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 33 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish