
Vido
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943284371
- Betlar soni
- 192
- Yili
- 2021
- Nashriyot
- O'zbekiston
- Muqova
- Qattiq
O'zbekiston xalq yozuvchisi, iste’dodli adib Odil Yoqubov o‘nlab hikoyalar, qissalar, romanlar, pyesalar muallifidir. U badiiy asarlarida - ular xoh hikoya, xoh qissa, xoh roman bo‘lsin, hamma-hammasida insonlardagi ma'naviy-axloqiy fazilatlarni ardoqlashga, mehr-oqibatni ulug‘lashga, sevgi-muhabbatni qadrlashga intilgan. «Hikoyalar xazinasi» rukni ostida «Vido» kitobiga adibning eng sara hikoyalari jamlangan bo‘lib, ushbu hikoyalarda turli xarakterdagi insonlarning taqdiri, kechinmalari, o'y-fikrlari, voqea-hodisalar o‘ziga xos san’atkorona tarzda hayotiy tasvirlangan. Taqdim etilayotgan hikoyalarda o'sha davr ruhini saqlab qolish maqsadida shaharlar va atamalar nomi asliyatga asosan qoldirildi. Mazkur hikoyalar to’plami barcha yoshdagi kitobxonlarga mo'ljallangan bo'lib,kiotb javonlariga eng yaxshi tuhfa bo'ladi, degan umiddamiz.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish