Xaloskor Sulton Sayfiddin Qutuz muqovasi

Xaloskor Sulton Sayfiddin Qutuz

Shahodat Ulug'

Qog'oz
Kategoriya
O'zbek adabiyoti
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
Nashrga qarab farq qiladi
Betlar soni
208
Yili
Nashrga qarab farq qiladi
Nashriyot
Akademnashr
Muqova
Qattiq

Necha mingyillik urush mo'g'ullar istibdodiga qarshi ozodlik-hurlik harakati Jaloliddin Manguberdining bemisl jasorati bilan yakun topgan emas. Tarix qatida yashirin sirlar shu qadar ko'pki, vaqti kelib Manguberdining jiyani mamlukiy Misr taxtini egallagan Mahmud ibn Mamdud Sayfiddin Qutuz 1260 yili Ayn Jolut yonidagi jangda mo'g'ul lashkarini tamom yer tishlatib, ularning Islom yurtlariga bundan keyingi yurishlariga amalda barham berdi. Chingizxon bosqini sabab uzoq ellarda darbadar, qul bo'lib, keyinchalik shohlik taxtigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan xonzoda Sayfiddin Qutuz haqidagi asar o'tmishning qop-qora, sertalotum, dolg'ali kunlaridan hikoya qiladi. Misr taxtida to'liq bir yil ham o'tirmasdan butun arab o'lkalarini mo'g'ul istibdodidan saqlab qolgan hukmdorning bu yurtlarda afsonaviy xaloskor deya hamon madh etilishi bejiz emas. Garchi tug'ilib o'sgan zaminidan olisda yurt tuzish, el boshqarish taqdir yozug'iga bitilgan bo'lsa-da, tog'asi Jaloliddinning izdoshiga aylandi, u kabi jang maydonlarida umri o'tdi. Ozodlik, xalqlarga tinchlik, birodarlik ota-bobolarimizning asrlar bo'yi dastak-suyanchi, hayotiy a'moli bo'lgani, ajdodlarimizning shonli, biroq o'ta achchiq taqdirni yashab o'tgani qo'lingizdagi kitobda batafsil bayon qilingan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 52 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish