Xayotimiz "kengurulari" muqovasi

Xayotimiz "kengurulari"

Sanjar Xo'ja

Qog'oz
Kategoriya
Psixologiya va Shaxsiy rivojlanish
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
Ma'lumot yo'q
Betlar soni
160
Yili
2022
Nashriyot
Muharrir
Muqova
Qattiq

250 yil avval bir ingliz sayohatchisi Avstraliyaga borgan edi. Qit’ani aylanib yurar ekan, ilgari hech ko‘rmagan g‘alati bir hayvonga ko‘zi tushadi. Bu hayvonga qiziqib mahalliy kishi (aborigen)dan "bu nima?" deb so‘raydi. Mahalliy kishi esa «Kangru» («Kangaroo») deb javob qaytardi. Sayohatchi bu hayvonning rasmini chizib, mamlakatiga qaytganida hammaga ko‘rsatib, yangi kashf qilgan hayvonini ta’riflab berdi. Shu kishi sabab ko‘plab davlatlar qisqa vaqtda «kenguru» haqida ma’lumotga ega bo‘ldi va shu nomda atay boshlashdi. Keyinchalik Avstraliyaning mahalliy tilini o‘rganishga borgan tilshunos, bu hayvon nomi boshqa so‘z bilan ifodalanishini aniqlagan. Aslida, «kenguru» degani "seni tushunmadim" ma’nosini berar ekan! Hammamiz oiladan, yon-atrofdan, kattalardan ko‘rib o‘rganganlarimizga amal qilamiz. Sababini, ma’nosini, o‘tmishini surishtirmay o‘zlashtirib olaveramiz, kundalik odatlarimizga aylanib ketaveradi. Yomon tarafi ularning mohiyatini bilmasakda, "to‘g‘risi shu" deb qabul qilamiz, shunga ko‘nikib qolganmiz. Aslida, kundalik hayotimizga ziyraklik bilan nazar solsak, bir talay «kenguru»larni ko‘ramiz. Masalan, manmanlik va kibrni - o‘ziga ishonch; bor puliga to‘y qilishni - o‘zbekchilik; buzuqlikni - erkaklik; qo‘pollikni mardlik; beparvolikni- tinchlik... kabi yuzlab atamalar bilan ifodalaymiz.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish