
Xitoy iyerogliflari
Saodat Nasirova, Sabohat Xashimova, J. Boybotayev
- Kategoriya
- O'quv qo'llanmalar
- Til
- Ingliz
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943811102
- Betlar soni
- 212
- Yili
- 2023
- Nashriyot
- Silk road Publishing
- Muqova
- Qattiq
"Xitoy iyerogliflari" deb nomlangan o‘quv qo‘llanma Xan Szyantanning "Xitoy iyerogliflari" asari asosida tarjima qilinib to‘ldirilgan. Ushbu kitob umumiy qabul qilingan yozuv va ko‘p miqdordagi rasmlar yordamida xitoy iyeroglifli yozuvining chuqur va serqirra madaniyati haqida qisqacha tasavvur beradi. Shu tarzda, xitoylik va xorijiy kitobxonlar "iyerogliflar dunyosi"ga qiziqarli va foydali sayohat uyushtirishlari mumkin. Xitoy iyeroglifi - to‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan va ma’noli vazifani bajaradigan yozuv belgisidir. Shuningdek, xitoy yozuvi dunyoda hozirgi kungacha saqlanib qolgan yagona qadimgi yozuv hisoblanadi. "Jonli qazilma yodgorlik" deb nom olgan xitoy iyerogliflari tamaddun tarixida o‘ziga xos g‘aroyibotdir. lyeroglifli yozuv rasmlardan rivojlanib, szyaguven, szinven, syaochjuan, kayshu kabi uslublarda mavjud bo‘lgan holda tashqi ko‘rinishi o‘zgarib borgan. Xitoy yozuvi asta-sekin piktografik shakldan belgili shaklga, murakkabdan soddalashtirilgan yozuvga aylangan. lyerogliflarning soddalashtirilishi - xitoy yozuvi rivojlanishining asosiy yo‘nalishidir. Qo‘llanmada mazkur jarayonlarni tasdiqlovchi ko‘plab illyustratsiyalar taqdim etilgan.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 120 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish