Xo'jand qal'asi muqovasi

Xo'jand qal'asi

Mirmuhsin

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910750328
Betlar soni
544
Yili
2024
Nashriyot
OLTIN QALAM NASHRIYOTI
Muqova
Yumshoq

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsin Mirsaidov "Xo‘jand qal’asi" romanida Movarounnahrga bostirib kelgan mo‘g‘ullarga qarshi kurashgan, xalqni oyoqqa turg‘izgan, dovyurak vatanparvarlardan biri Xo‘jand qal’asi hokimi, sarkarda Temur Malik obrazini yoritadi. Temur Malik bahodirlik ko‘rsatib mo‘g‘ullarga qarshi jang qilsa-da, kuchlari dushmannikidan juda oz bo‘lganligi uchun orolni tashlab ketishga majbur bo‘lganligidan iztirob chekkanligiga guvoh bo‘lasiz. Tarixchi Juvayniyning yozishicha, bu dovyurak vatanparvar sarkarda umrining oxirigacha mo‘g‘ullarga qarshi kurashadi. Urganchga kelganidan keyin shahzoda Jaloliddin Manguberdi bilan birga Xorazm qo‘shiniga boshchilik qilib, Jo‘jixon qo‘shiniga qarshi muvaffaqiyatli jang qiladi. Hatto mo‘g‘ullardan Sirdaryoning quyi oqimidagi Yangikent shahrini qaytarib oladi. Shuningdek, asarda insoniy munosabatlar, adolat mezonlari, Vatan saodati, sevgi-sadoqat, do'stlik rishtalari yorqin uslubda tasvirlangan. Ayniqsa, Jaloliddin Manguberdi va Temur Malikning do'stligi, Temur Malik va Nigina beka ishqiy munosabatlari qalblarni hayajonlantiradigan tarzda ifodalangan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 3 ta taklif topildi, narxi 20 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish