Xorijda magistratura muqovasi

Xorijda magistratura

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Ilmiy-ommabop
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789943852297
Betlar soni
272
Yili
2024
Nashriyot
Yuridik adabiyotlar publish
Muqova
Yumshoq

Ushbu kitobning o'ziga xos xususiyatlari quyidagichа: huquqshunos bo'lsamda, mazkur kitobda faqat ijtimoiy- gumanitar fanlar nuqtayi nazaridan fikr yuritmadim. Kitob yozish jarayonida dunyoning turli davlatlarida o'qiyotgan yurtdoshlarimiz bilan Zoom orqali suhbatlar tashkil etib, turli sohа va xorij davlatlaridagi ta'lim tizimini keng ma'noda qamrab olishga harakat qildim. Ulardan jo'yali maslahatlar olishga erishdim. Ushbu ma'lumotlarga ham kitobda alohida o'rin ajratilgan. Yaponiyada o'qiganim va talabalik davrimning asosiy qismi shu yerda kechgani tufayli, mumkin qadar, keng qamrovli yondashishga harakat qilgan bo'lsamda, kunchiqar yurt tajribasining ta'sir qilganini rad eta olmayman. O'quvchilar kitobning bunday xususiyatini to'g'ri tushunadi, degan umiddaman. Umid qilamanki, kitob o'z auditoriyasini tez orada topib, xorijga magistratura bosqichida o'qish niyatida bo'lgan har bir talabaning shaxsiy kutubxonasidan joy oladi. Kitob bo'yichа fikr va mulohazalaringizni  aumirdinov7@gmail.com  manziliga yuborishingiz mumkin. Ayniqsa, xorijga chiqish borasida ma'lum tajribalarni qo'lga kiritgan kitobxonlarimizda yanada foydali ma'lumotlar bo'lsa, nur ustiga nur bo'lardi. Ishoning, siz yuborgan ma'lumotlar kitobning keyingi nashrlarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 52 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish