XXI asrda Muvozanat muqovasi

XXI asrda Muvozanat

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Psixologiya va Shaxsiy rivojlanish
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910790362
Betlar soni
192
Yili
2024
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Yumshoq

Bu kitob o'zlikni anglash, botindagi muvozanatni yo'lga qo'ya olish kabi ma'naviy ehtiyojni to'ldirishga ko'mak maqsadida bitilgan. Inson zoti borki, baxtga erishmoqchi ekan, o'zining kimligi-yu, nimalarga qodirligi haqida bot-bot tafakkur qilgani ma'qul. O'ylasagina o'z ruhiy muvozanatidan tortib butun zamon muvozanati qadar tahlil tajribasini shakllantira oladi. Baxt tushunchasi sari yaqinlashadi. O'z maqsadi yo'lida muvaffaqiyatga erishganlar hayoti misolida bahs yuritilgan ushbu kitob sizni suhbatga tortadi. «Suhbat» davomida o'zingizda bardosh topish ham, aslida sizning ruhiy muvozanatingizni koʻrsatadi, aziz o'quvchi. Maqsadimiz - sizni yanayam kengroq tafakkurga undash. Xulosa esa sizdan. Kitobni o'qishni boshlarkansiz, ishoning, uning yosh, jins, kasb, toifa, daraja tanlamasligiga amin bo'lasiz. Maroqli mutolaa tilaymiz, zamondoshim, anglashdan charchamang. Darvoqe, Mark H. Lou - muvozanat bo'yicha maslahatchi. Avstraliyaning Sidney shahrida istiqomat qiladi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 25 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish