
Yashik odam
Kobo Abe
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910601408
- Betlar soni
- 208
- Yili
- 2026
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Kobo Abening "Yashik-odam" asari zamonaviy insonning begonalashuvi, shaxsiyatning yemirilishi va jamiyatdan ixtiyoriy chekinishi muammolarini ramziy-falsafiy yo‘sinda yoritadi. "Quti" obrazida inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, erkinlik va yolg‘izlik orasida qoladi, “yashik-odam" esa begonalikning yanada g‘ayritabiiy, absurd shaklini ifodalaydi. Asar inson "men"ining chegaralari, ijtimoiy niqob va ichki bo‘shliq haqida o‘tkir savollar qo‘yadi. Asarning asosiy g‘oyasi ziddiyatlarni ko’rsatish orqali jamiyatning inson shaxsiga dushmanligini badiiy tadqiq etishdan iborat. Romandagi yetakchi g‘oyalardan yana biri insonni yolg‘izlik va mahdudlikdan go‘zal hayotgina qutqarishi mumkinligini ko‘rsatishdir. Kitob o‘quvchini ekzistensial tafakkur, zamonaviy ong inqirozi va o‘zlikni anglash masalasida chuqur mulohazaga undaydi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 32 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish