Yer ostidan maktublar muqovasi

Yer ostidan maktublar

Fyador Dostoyevskiy

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910875571
Betlar soni
160
Yili
2025
Nashriyot
OLTIN QALAM NASHRIYOTI
Muqova
Yumshoq

Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy (1821-1881) qalamiga mansub ushbu asar - "Yer ostidan maktublar" qissasi iste’fodagi amaldorning jamiyatdan ajralib, "yer ostida" - o‘z xilvatxonasida yashashi, hayot, inson tabiati va atrofdagi odamlar bilan munosabatlari haqida o‘ylarini hikoya qiluvchi qissadir. Asarda begonalashuv, oqilonalik, iroda erkinligi, hayot mazmuni kabi mavzular asosiy o‘rin egallaydi. Bosh qahramon jamiyatdan inkor etilgan, begonalashtirilgan yolg‘iz hayot kechiradigan odam. U o‘sha davr jamiyatini, mafkuralarni tanqid qiladi, ammo o‘zi begonalashuv va yolg‘izlikda aziyat chekadi, hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Shuningdek, oqilonalik g‘oyalariga qarshi chiqadi va inson har doim ham aql-idrok bilan ish tutmasligini, ba’zan o‘z xohish-istaklari, injiqliklari va hatto ziddiyati tuyg‘usidan kelib chiqib tanlov qilishini ta’kidlaydi. Manfaat ustunligini shubha ostiga qo‘yadi va inson o‘z erkinligini isbotlash uchun o‘z manfaatlariga zid harakat qilishi mumkinligini ta’kidlaydi. Hamma narsa mantiq va tartibga bo‘ysundirilgan dunyodan hayotning ma’nosini izlaydi, lekin uni topa olmaydi, bu esa uning begonalashuvi va azoblanishiga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, "Yer ostidan maktublar" kitobxonni inson tabiati, uning dunyodagi o‘rni va hayotning ma’nosi haqida o‘ylashga majbur qiladigan chuqur va teran mulohazalarga undovchi asardir. Ogohlantirib qo‘yaylikki, bu asarni kechqurun o‘qishni boshlasangiz, tonggacha ko‘zingizga uyqu kelmaydi. Tongda o‘qishni boshlasangiz, ishga yoki o‘qishga borishni ham unuttirib qo‘yadi. O‘n-o‘n besh sahifasini o‘qiganingizdan keyin yana boshidan o‘qishni xohlab qolasiz... Shuningdek, mutolaa davomida aql-idrokingiz bilan hissiyotingiz, istaklaringiz o‘zaro kurashga kirishadi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 30 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish