Yolg'izlik muqovasi

Yolg'izlik

Ulug'bek Hamdam

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910726736
Betlar soni
112
Yili
2025
Nashriyot
OLTIN QALAM NASHRIYOTI
Muqova
Yumshoq

Ulug‘bek Hamdam “Yolg‘izlik" qissasining mohiyatida ham xuddi romanlaridagidek insonning o‘z ichki olamini, ruhiyatini tahlil qilishi asosiy o‘rin tutadi, ammo bu qissaning qahramoni "Yolg‘iz". Uning ismi, o‘tmishi ham, maqsadi-umidi ham, ertangi kuni ham "Yolg‘iz". Inson hayotida yolg‘izlikning qanchalar katta ahamiyatga va bemisl kuch-qudratga ega ekanligi asar boshlanishidan to oxirigacha batafsil yoritilgan. Muallif insonlarning ko‘nglini, qalbini, dunyoqarashini risoladagidek yoritishga shunchalar uringanki, kitobxon bu asarning badiiy asar ekanligiga shubhalanib qoladi. Asar qahramoni haqida gapiradigan bo‘lsak, xuddi asar nomidek mavhum: ismsiz, kimligi noma’lum, lekin oilasi bor... Asarni o‘qir ekansiz, "Yolg‘izlik”ning ismsiz, qiyofasiz, qahramonini makonsiz, zamonsiz arosatga tushib qolgan odamga o‘xshatasiz! Ha, asardagi barcha mulohazalar, o‘y- fikrlar arosatda qolgan insonniki ekanligi shubhasiz.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 18 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish