
Yosh qizning kundaligi
Xuliyo Kartal
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943273856
- Betlar soni
- 96
- Yili
- 2021
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Xuliyo Kartalning ushbu kitobida oʼtayotgan umrning har lahzalaridan zavqlanadigan va hayotdagi har bir voqea-hodisada sir, joziba, hikmat mujassamligini koʼra biladigan taʼsirchan qalbli insonning mahzun kechinmalari, oʼyga toldiruvchi mulohazalari bitilgan. Unda badiiy asarlardagi singari syujet chizigʼi, bir-biri bilan mojarolashgan qahramonlar obrazi koʼrinmaydi. Mazkur kitobda koʼngilda kechgan oʼylar bayon qilinadi, xolos. Kitobning bosh qahramoni — muallifning oʼzi. Muallif — uning asosiy va birdan-bir qahramoni. Lekin ana shu yakka, yagona qahramon oʼylari, kechinmalari, hayot va inson umri haqidagi mulohazalari kishini koʼp masalalar xususida oʼylab koʼrishga, mushohada yuritishga undaydi. Kundalik daftar aslida inson hayoti, ruhiy kechinma, quvonch va iztiroblari aks etgan birgina shaxsga tegishli boʼlgan qaydlar. Аmmo shunday kundaliklar borki, bir insonning umr yoʼli butun bir davr farzandlari uchun hayot saboni boʼlishi mumkin. Mazkur kundalik ham sizni befarq qoldirmaydi. Qahramonning dard va shodliklariga sherik boʼlasiz. Mutolaa jarayonida oʼzingiz uchun ibrat olishingizga umid qilamiz.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 18 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish