
Yosh vrach kundaligi
Mixail Bulgakov
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943209107
- Betlar soni
- 287
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Noma'lum
- Muqova
- Ma'lumot yo'q
Shifokorda bilim va tajriba uyg'u bo'lsagina muvaffaqiyatga erisha oladi. Mixail Bulgakovning «Yosh vrach kundaligi» asarini mutolaa qilar ekansiz, shifokorda ana shu ikki omil bilan birga qat'iyat, jasorat va o'z vaqtida to'g'ri qaror qabul qila olish ko'nikmasining shakllanishi birlamchi ahamiyat kasb etishiga amin bo'lasiz. Asarda XX asr boshida rus jamiyatidagi oddiy odamlar qiyofasi butun bo'y-basti bilan namoyon bo'ladi: sodda, ishonuvchan, samimiy. Shuningdek, kamchiliklar ham ro'y-rost qalamga olingan. Ko'prik ostida ko'zi yorigan ayolni shifokor: «Farzandingni dunyoga keltirish uchun shu yerdan boshqa joy topa olmadingmi?» deb koyiganida, ayol: «Dard tutib turganida qaynotam ot-arava bermadi, vrachlik punkti unchalik uzoq emas, piyoda yetib ol», deb aytdi, deya javob beradi. Bu turmush tarzining yigirmanchi asrga xos ko'rinishlaridan biri edi. Muxtasar aytganda, fan-texnika va axborot texnologiyalari taraqqiyoti virtual va ayni damda soxtakor munosabatlarni avj oldirgan bugungi kunda samimiy munosabatlarga qurilgan ushbu asarni o'qish kishiga o'zgacha maroq va kayfiyat beradi
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 30 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish