
Yusuf va Ahmad
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Ma'lumot yo'q
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943603172
- Betlar soni
- 592
- Yili
- 2020
- Nashriyot
- Ilm-Ziyo-Zakovat
- Muqova
- Qattiq
"Yusuf va Ahmad" dostonida o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus va yurt birligi yo'lida o'zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni o'qish davomida Isfihon shohi Bo'zo'g'lonning o'z jiyanlari Yusuf va Ahmadni amaldorlarning gapiga kirib shаhardan haydab yuborishi, Yusuf va Ahmadning Urganch shahri shohi Eralixonga farzand tutinishi, Eralixon Yusufga o'z qizi Gulasalni berishi, Misr hukmdori Go'zalshohning tush ko'rishi, Tushning ta'birini Bobo Qambar gapirib berishi, Yusuf va Ahmadning Misrga Mirza Mahmud yordamida hiyla bilan olib kelib zindonga tashlanishi, zindonda Bobo Qambar bilan tanishishi, yetti yil zindonda qolishi, zindonda nay chalishni o'rganishlari, Go'zalshohning Ko'kchа ismli sozchisini nay chalish va so'z aytish musobaqasida yengishi, zindondan ozod bo'lishi, Хorazmga qaytib kuchli lashkar bilan Misrga yurish qilishi, Misr shohi Go'zalshohning ularga taslim bo'lib sulh tuzishi, oxir-oqibat Хorazmga qaytib ketishlari kabi taassurotlarga boy voqealarga guvoh bo'lasiz. Shuningdek, siz ushbu dostonni o'qish davomida xalqimizning bir qanchа tarixiy etnografik urf- odatlari, dehqonchilik, chorvachilik, safar, baxillik va saxiylik, iymon va e'tiqodning muqaddasligi haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Dostonning ushbu nashriga hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan qo'shimchа iqtiboslar kiritildi va asar, imkoni borichа, hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish