
Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943947351
- Betlar soni
- 208
- Yili
- 2024
- Nashriyot
- Yoshlar matbuoti
- Muqova
- Yumshoq
Ma'rifatparvar shoir va yozuvchi Hamza Hakimzoda Niyoziy 1915-1916-yillarda nashr etilgan «Milliy ashulaları uchun milliy she'rlar majmuasi, «Oq gul», «Qizil gul», «Sa riq gul kabi she'riy to'plamlarida va «Yangi saodat kabi nasriy asarlarida o'zining jadidlarga xos g'oyalarini ilgari surgan. Hamza shu davrda yozilgan «Yig'la, Turkiston», Oqibatsiz Turkiston», «Vatandoshlarimga xitob», «Dardiga darmon istamas kabi she'rlarida xalqning «ruhsiz tandur, xanjar ursa qoni sochulmas holiga kelganligidan oh-zor chekadi, uni xurofot va jaholat botqog'idan chiqib, taraqqiy etgan xalqlar qatoridan o'rin olishga da'vat etadi. Shuningdek, Ilm hidoyati», «Normuhammad domlaning kufr xatosi», «Oʻch» va «Zaharli hayot», «Boy ila xizmatchi», «Kim to'g'ri», «Tuhmatchilar jazosi», «Maysaraning ishi», «Paranji sirlari» kabi ilk dramalarida ham zulm va xurofotdan xalos bo'lishning birdan-bir yo'li ma'rifatdadir, degan fikrni olg'a surishga harakat qiladi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 15 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish