Zakot kitobi muqovasi

Zakot kitobi

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Diniy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943779679
Betlar soni
144
Yili
2022
Nashriyot
Hilol-nashr
Muqova
Yumshoq

Аlloh taologa hamdu sanolarimiz, Аllohning Rasuli hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlarimiz boʼlsin! Zakot ibodati - har bir inson uchun dunyo va oxirat saodatiga erishish yoʼlini koʼrsatib bergan dinimizning besh ruknidan biri boʼlib, inson hayotining moliyaviy, moddiy jabhasiga oid ilohiy farmondir, yetarli darajada mol-mulki bor har bir moʼmin-musulmonning zimmasidagi buyuk sharaf hamda ulkan masʼuliyatdir. Zakot ibodatining sharofati bilan jamiyatda fayz-baraka, farovonlik, tenglik, mehr-muruvvat mustahkamlanadi, yetim-esirlar, beva-bechoralar, faqir-miskinlarning moliyaviy ahvoli yaxshilanadi. Аlloh subhanahu va taoloning inoyati bilan xalqimiz istiqlolga erishib, oʼzligini anglamoqda, diniy va milliy qadriyatlarini tiklamoqda, yurtimizda tarixiy ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda. Ushbu ijobiy oʼzgarishlarning natijasi oʼlaroq, dinimizning arkonlarini birin-ketin oʼrganib, ularga amal qilayotgan moʼmin-musulmonlarimizdan endi moliyaviy ibodatlar haqida ham tobora koʼproq savollar kelib tushmoqda. Аyni paytda, ushbu savollardan koʼpchilik orasida zakot, fitr sadaqasi, xayr-ehson kabi moliyaviy ibodatlar borasida baʼzi notoʼgʼri tushunchalar, xato tasarruflar boʼlayotgani ham maʼlum boʼlmoqda. Bu esa dinimizning moliyaviy ibodatlar borasidagi taʼlimotlarini tartib bilan oʼrganish, ularning asl mohiyatini, tartib-qoidalarini, ilohiy hikmatlarini, uxroviy ajru savoblari hamda bu dunyodagi barakoti va samaralarini xalqimizga yanada kengroq, batafsilroq tushuntirib, yetkazib berish lozimligini koʼrsatmoqda. Shu munosabat bilan zakotning nisobi, qanday mol-mulklardan berilishi, tilla va kumush, chorva, ekin va shu kabilardan beriladigan zakot miqdori, kimlarga berilishi, kimlar zakot olmasligi va shu kabi koʼplab mavzularga oid savollarga javob topish mumkin boʼlgan mazkur risolani kitobxonlarga taqdim qilishni niyat qildik. Kitobxonlarga qulay boʼlishi, shuningdek, zakotga oid oʼzlarini qiziqtirgan savollarga oson javob topishlari uchun risola asosan savol-javob shaklida tayyorlandi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish