Zulayho ko'zini ochyapti muqovasi

Zulayho ko'zini ochyapti

Go'zal Yaxina

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789943739154
Betlar soni
480
Yili
2022
Nashriyot
Zabarjad media
Muqova
Qattiq

Zulayxo - o‘n besh yoshidan turmush mushtlari ostida qolgan, er va qaynona munosabatlarining yozilmagan temir qoidalariga bo‘ysunib yashashga majburlangan, qirq besh yoshli eri Murtazoga so‘zsiz itoatda bo‘lishga o‘rgatilgan jafokash ayol. Zulm ostida kechgan yosh umri davomida qanday xatoga yo‘l qo‘ydiki, qariyb yarim yillik yo‘l azobidan so‘ng surgun qilinganlar qatorida «hatto Xudoning ham yodidan chiqib ketgan», odam oyog‘i yetmaydigan, hayot shafqat qilmaydigan joylarda yashashga mahkum bo‘ldi? Zulayho qachon ko‘zlarini ochib, dunyoning yorug‘ tomonlari ham borligini ko‘radi? Erini o‘ldirgan, o‘zini esa bir necha bor o‘limdan saqlab qolgan qizil gvardiyachi Ignatovning issiq bag‘rida tong ottirgandami? Yoki uni yillar bo‘yi ezib kelgan temir qoidalarni chilparchin qilib, ayollik baxtini his qilishga haqqi borligini anglab yetgandami? Aziz kitobxon! «Zabarjad Media» tomonidan ilk bora o‘zbek tilida e’lon qilinayotgan ushbu asarda bir ayol qismati orqali 30-yillarning mash’um manzaralari, begunoh insonlarning surgundagi hayoti va iztiroblariga guvoh bo‘lasiz.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 74 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish